Rio-de-Janeyro shahrida start olgan Paralimpiya o`yinlari ilk kunida dzyudo bo`yicha -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik O`tkir Nig`matov oltin medalni qo`lga kiritdi.
Final bosqichiga qadar barcha raqiblaridan ustun kelgan hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Bayram Mustafoev bilan kuch sinashdi.
Keskin kurashlar ostida o`tgan bellashuvda O`tkir Nig`matov raqibini ippon bahosi (sof g`alaba) evaziga mag`lub etib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.





