Rio-de-Janeyro shahrida start olgan Paralimpiya o`yinlari ilk kunida dzyudo bo`yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Sherzod Namozov Paralimpiya chempioni bo`ldi.
O`zbekistonlik sportchi final bahsida yaponiyalik Xiroshi Makotoga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi (sof g`alaba) evaziga zafar quchdi.
Avvalroq O`tkir Nig`matov ham Paralimpiya chempioni bo`lgani haqida xabar qilingandi.





