Evropada kuzatilayotgan iliq ob-havo joriy va keyingi yilda gaz etishmovchiligining oldini olishi mumkin. Bu haqda Bloomberg' xabariga tayanib, "Zamon.uz" yozmoqda.
Agentlik bilan suhbatlashgan Trafigura neft tashish kompaniyasi bosh direktori Jeremi Uir qish iliq kelsa va Rossiya Ukraina orqali gaz tranzitini davom ettirsa, Evropada yoqilg`i zaxiralari 2/3 qismga kamayishini aytgan. Bu mintaqaning yaqinlashib kelayotgan isitish mavsumidan qiyinchiliksiz chiqishiga va keyingi yilga etarli darajada yoqilg`i zaxirasini shakllantirish imkonini beradi.
Evropa shimoli-g`arbidagi iliq ob-havo oktyabrda gaz narxining keskin pasayishiga sabab bo`ldi. Bundan tashqari, mintaqa dengiz orqali tashiladigan suyultirilgan tabiiy gaz importini ko`paytirgan.
“Biz energotashuvchilar narxidan qattiq xavotirga tushgandik, ammo bu xavotirlarimiz kamaydi”, – degan Uir.