Rio-de-Janeyroda o`tkazilayotgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlarining engil atletika dasturidan o`rin olgan disk uloqtirish bahslari bo`lib o`tdi.
Mazkur bahslarda ishtirok etgan o`zbekistonlik Husniddin Norbekov diskni 59,75 metr masofaga uloqtirgan holda yangi jahon rekordini o`rnatdi va Paralimpiya chempioni bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Husniddin Norbekov litvalik Bilius Mindaugas va xitoylik Ksia Dongni kabi mahoratli sportchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo`ldi.





