AsosiyJamiyat

Toshkentda noma`lum shaxslar kunduz kuni bir qizni o`g`irlab ketdi (video)

'Toshkentda noma`lum shaxslar kunduz kuni bir qizni o`g`irlab ketdi (video)'ning rasmi

Toshkentda noma`lum shaxslar kunduz kuni qiz bolani o`g`irlab ketdi, deb xabar bermoqda "Nemolchi" loyihasi.

Voqea bugun, 24 noyabr kuni ertalab sodir bo`lgani aytilmoqda. Videoda ko`p qavatli uylar oldidagi yo`lak bo`ylab ketayotgan qizning oldiga mashina yaqinlashib to`xtaganini, undan tushgan ikki erkakni ko`rgan qiz qochishga harakat qilganini ko`rish mumkin.

Afsuski, qiz qochib qutilolmadi.  Ikki erkak qizni kuch bilan majburlab mashinaga sudrab olib bordi va noma`lum tomonga haydab ketdi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar