Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan XV Paralimpiya o`yinlari o`zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.
“Olamsport” nashrining ma`lum qilishicha, suzish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari musobaqaning ilk kuniyoq 4 ta medalni taqdim qildi. Jumladan, Kiril Pankov 100 metr masofaga batterflyay usulida o`tkazilgan bahslarda kumush medalni qo`lga kiritdi. Muzaffar Tursunxo`jaev esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Xuddi shu masofaga ayollar o`rtasida o`tkazilgan musobaqada vakilamiz Muslima Odilova ham Paralimpiya o`yinlari vise-chempioniga aylandi. Bronza medali esa yana bir sportchimiz Fotimaxon Amilovaga nasib etdi.





