Toshkent shahar Mirobod tumanida bankomatlardan qaytgan mablag`larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan "Turonbank" ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Unda ushbu bank xizmatlari markazi kassa amaliyotlari bo`limi kassiri J.D. va boshqa mas`ul shaxslari bank xizmatlari markaziga qarashli 10 dona bankomatdan qaytgan mablag`larni tegishli tartibda kirim qilmagani aniqlangan. Ular soxta ma`lumotlar tuzish orqali jami 347,5 million so`m va 7,6 ming dollarni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.