AsosiyJamiyat

Chinozda fuqaro xonadonida “bangixona” tashkil qilgani aniqlandi (video)

'Chinozda fuqaro xonadonida “bangixona” tashkil qilgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyatida fuqaro uyida qimorxona va bangixona tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 22 noyabr kuni soat 01:30larda Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Obihayot” MFYda yashovchi 45 yoshli fuqaro Q.I. vaqtincha yashayotgan xonadonida, bir nechta (30-45 yosh orasidagi 6 nafar) fuqaroga pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan “qimor” o`yini o`ynash hamda giyohvandlik moddalari iste`mol qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Voqea joyidan xolislar ishtirokida 108 dona o`yin kartalari, narda va toshlari, 1 mln 548 ming so`m pul va 5 ta qog`oz o`ramida “marixuana” giyohvandlik moddasi va uni iste`mol qilish uchun mo`ljallangan uskuna daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan, O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar