“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.






