AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish keskin oshmoqda. SSV yangi raqamlarni e`lon qildi

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish keskin oshmoqda. SSV yangi raqamlarni e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekistonda kunlik kasallanishlar soni ketma-ket uchinchi kun oshdi, so`nggi sutkada yana 140 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 27 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137 nafarni tashkil etgan.

Yangi kasallanish holatlarining:

-1 nafari Andijon viloyatida,

-7 nafari Buxoro viloyatida,

-4 nafari Jizzax viloyatida,

-12 nafari Namangan viloyatida,

-15 nafari Samarqand viloyatida,

-2 nafari Farg`ona viloyatida,

-1 nafari Xorazm viloyatida,

-14 nafari Toshkent viloyatida,

-81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar