AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qish o`z vaqtida boshlanadi! "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

'O`zbekistonda qish o`z vaqtida boshlanadi! "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekistonda kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg`irli ob-havo bilan kuzatiladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabarida qayd etildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda esa tuman tushishi saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 12-17daraja iliqni, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari O`zbekistonning qolgan barcha hududlari bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 29 noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

O`zbekistonda qish o`z vaqtida boshlanadi. 1 dekabrga o`tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq bo`ladi, kunduzi 2-7daraja iliqdan oshmaydi.

2 dekabarda O`zbekiston hududida kam bulutli va sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi -5 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha pasayadi.

29 noyabr – 1 dekabrda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar