AsosiyJamiyat

Toshkentda mahalla raisi nogironni tepdi (video)

'Toshkentda mahalla raisi nogironni tepdi (video)'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Armug`on mahallasi raisi ekani aytilgan kishining nogiron fuqaroga nisbatan kamsituvchi harakatlari aks etgan video tarqaldi. 

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati shuni ma`lum qilishicha, bugun “Armug`on” mahalla guzarida holat bo`yicha Yakkasaroy tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, tuman Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvatlash bo`limi boshlig`i hamda uning maslahatchisi ishitrokida yig`ilish o`tkazilgan.

Mahalla raisi A`zam Qodirov o`zining bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun 2022 yil 28 noyabrdan lavozimidan ozod qilingan.  

 

    Boshqa yangiliklar