Teleo`yin ishtirokchilari 2 mlrd so`mga aldandi

Jamiyat 28.11.2022, 15:20
Teleo`yin ishtirokchilari 2 mlrd so`mga aldandi

O`zbekistonning tijorat telekanallarida yutuq uchun katta pul mukofoti hamda sovrinlar qo`yilgan o`yinlar namoyishi avj olmoqda. Bunday teleko`rsatuvlarda ishtirokchilar osongina telefon, mebel, yirik maishiy texnika jihozlari, tilla va avtomashinalarni yutib olishlari mumkin.Teleko`rsatuvlar reytingi bilan bir qatorda ko`rsatuvda ishtirok etish istagida bo`lganlar safi ham ortib bormoqda.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga O`zbekistonning turli hududlaridan telekanallarda namoyish etilgan “OMADINGIZNI BERSIN” o`yinida qo`lga kiritgan yutuqlarini olish imkoni bo`lmayotgani haqida murojaatlar kelib tushmoqda.  Bu haqda agentlik ma`lum qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunga kelib, teleo`yin ishtirokchilarining qo`liga etib bormagan umumiy yutuqlari 2 milliard so`mni tashkil etadi.

Teleko`rsatuvning 4-sonida ishtirok etib, 20 million so`m yutib olgan Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi M.U.,   10-sonida bir yo`la 10 million so`m, kir yuvish mashinasi, noutbuk va “Neksiya 3” avtomashinasini yutib olgan amudaryolik O.J.larning shu kungacha sovrinlari berilmagan.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi A.M. ham yutgan "Damas" avtomashinasini hamon kutmoqda. Aldanganlar ro`yxati yozsak hali cho`ziladi.

Agentlik so`rovi va o`yin homiysi taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, namoyish etilgan  ko`rsatuvning jami 15 ta soni g`oliblaridan faqat 1-, 2-, 3 va 12-sonlarida bir nafardan ishtirokchi o`z yutuqlarini qo`lga kiritgan, xolos. Qolgan 55 ishtirokchi bugungi kungacha sovrinlarini kutishmoqda.Ta`kidlash joizki, teleo`yinga ishtirok etish va sovrin yutish umidida respublikamizning turli viloyatlaridan ishtirokchilar poytaxtga kelishgan.

Aaytilishicha, agentlikning Maxsus komissiyasi tomonidan “MIA- MAA” MChJga nisbatan “Reklama to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 21-moddalari talablari buzilganligi holati bo`yicha ish qo`zg`atilgan va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ko`rsatma berilgan.

Shu bilan birga Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan to`plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun ma`lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1