AsosiyJamiyat

Toshkentdagi qog`oz qutilar saqlash omborxonasi yonib ketdi

'Toshkentdagi qog`oz qutilar saqlash omborxonasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 28 noyabr kuni soat 13:42 da Toshkent shahar Bektemir tumani Somon bozor ko`chasida joylashgan qog`oz qutilar saqlash omborxonasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Shunga ko`ra 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:53 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:07 da qurshab olingan va soat 14:46 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida omborxonaning taxminan 150 kv.m. maydonda ichki qismi yonib zararlangan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.  

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar