AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yukxonasiga yo`lovchilar mindirilgan "Labo" halokatga uchradi. Ikki kishi voqea joyida halok bo`ldi, besh kishi shifoxonaga yotqizildi

'Qashqadaryoda yukxonasiga yo`lovchilar mindirilgan "Labo" halokatga uchradi. Ikki kishi voqea joyida halok bo`ldi, besh kishi shifoxonaga yotqizildi'ning rasmi

Qashqadaryoda yo`lovchilarni ortib olgan yuk mashinasi halokatga uchradi. Ikki kishi voqea joyida halok bo`ldi, besh kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizlik xizmati ma`lum qildi.

Halokat 12 noyabr kuni soat 9:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Ko`kdala tumani, Toshli MFY hududidan o`tuvchi 4R-87 avtomobil yo`lining 46-kilometrida sodir bo`lgan. 1986 yilda tug`ilgan haydovchi B.Sh. "Labo" rusumli avtomobilning yukxonasiga yo`lovchilarni mindirib harakatlanayotgan vaqtda yoqilg`isi tugab transport vositasi sekinlashgan. 

Haydovchi avtomobilni yo`l chetiga olib chiqayotgan vaqtda ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan G`.T. "Isuzu" rusumli avtomobilda yo`l chetiga harakatlanayotgan "Labo"ning aynan odamlar minib olgan qismiga qattiq zarb bilan to`qnashgan va ikkala yuk avtomobillari yo`l chetiga ag`darilgan.

YTH natijasida, "Labo" avtomobilining yukxonasida bo`lgan ikki nafar yo`lovchilar og`ir tan jarog`atlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, besh nafar yo`lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Yo`l-transport hodisalari bilan bog`liq jinoyatlarni tergov qilish bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar