Bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi.
Sud majlisi yakunida davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o`qib eshittirilgan.
Uning qisqacha mazmuniga ko`ra, D. Tajimuratov uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpog`iston Respublikasining amaldagi hukumatini ag`darib, o`zini Jo`qorg`i Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida joriy yilning 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirgan.
L. Kallxanova ushbu uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da`vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.
A. Turdanov 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarni ishtirok etishini ta`minlagan va D. Tajimuratovni elkasiga o`tkazib, Jo`qorg`i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.
A. Smetullaev va D. Djiemuratov 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlaridan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o`zi ham faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qo`llab-quvvatlaganlar.
B. Kadirbergenov odamlarni ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, Jo`qorg`i Kenges va Nukus xalqaro aeroporti binolarini bosib olishga da`vat qilgan.
B. Seytniyazov Qozog`iston Respublikasidagi “Allayar jol” diaspora a`zosi bo`lib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishga va D. Tajimuratovni qo`llab-quvvatlovchi bannerlar tayyorlashga yordam bergan.
A. Toqimbetov 2 iyul kuni Xo`jayli tumanida yig`ilgan odamlarga Qoraqalpog`iston Respublikasi mustaqil bo`lishi lozimligini ma`lum qilib, ularni ommaviy tartibsizlikka da`vat qilib, ularga etakchilik qilgan.
Q. Seytimov 2 iyul kuni Qorao`zak tumanida odamlarni to`plab, ularni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularga etakchilik qilgan.
A. Nuratdinov 2 iyul kuni Qonliko`l tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da`vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda etakchilik qilgan.
S. Medetov 2 iyul kuni Shumanay tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da`vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda etakchilik qilgan.
N. Naypov 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarga da`vat qiluvchi videomurojaat tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.
P. Shamshetov 2 iyul kuni odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o`zi ham ularda faol ishtirok etgan.
R. Bekmuratov 2 iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat etkazib, “PM” markali pistoletini olib qo`ygan.
S. Kaipov 2 iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat etkazgan. Bundan tashqari, separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan videomurojaat tayyorlab, uni tarqatish maqsadida saqlab kelgan.
B. Genjebaev 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda Farg`ona viloyatidan kelgan o`zbek millatiga mansub 3 nafar shaxsni to`xtatib, ularga tan-jarohati etkazib, 3,6 mln so`m miqdoridagi pullarini va qat`iy hisobdagi hujjatlarini bosqinchilik yo`li bilan olib kuygan.
S. Kalilaev 2 iyul kuni Kegeyli tumanida ommaviy tartibsizliklarga etakchilik qilib, millatchilik zamirida Andijon viloyati hokimligi ShTABiga o`t qo`yib, mulklarini nobud qilgan.
P. Nurniyazov 2 iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatini cheklash maqsadida yo`llarni to`sib, avtoshina yoqishda etakchilik qilgan.
S. Kalimov 1 iyul kunidagi ommaviy tartibsizliklar uchun ma`muriy qamoqqa olinganlarni ozod qilish maqsadida ularni saqlash joyiga hujum qilib, o`t qo`ygan.
N. Sultamuratov Nukus shahar IIO FMBga qilingan hujumda faol ishtirok etib, daraxt yoqib, yo`llarni to`sgan.
A. Temirxanov ommaviy tartibsizliklarda Xo`jayli guzari ko`chasida “Molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan.