1

Qashqadaryoda 2300 kilometrdan ziyod avtomobil yo`llariga kadastr pasporti tayyorlandi

Jamiyat 29.11.2022, 17:35
Qashqadaryoda 2300 kilometrdan ziyod avtomobil yo`llariga kadastr pasporti tayyorlandi

Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-73-sonli va 2022 yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari uchun er uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-204-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi 543-son qaroriga muvofiq, qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo`llari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan o`tgan umumfoydalanishda bo`lgan avtomobil yo`llari xatlovdan o`tkazilib, ularga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat ro`yxatidan o`tkazilmoqda.

"Hozirga qadar Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 2 303 kilometr avtomobil yo`li xatlovdan o`tkazilib, ularga kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazildi" – deydi Viloyat boshqarmasining Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori boshlig`i Adham Qodirov.

Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan avtomobil yo`llari hududlar kesimida: Qarshi shahridan 29 km, Chiroqchi tumanidan 300 km, Dehqonobod tumanidan 173 km, G`uzor tumanidan 193km, Kasbi tumanidan 46 km, Kitob tumanidan 162 km, Koson tumanidan 166 km, Muborak tumanidan. 102 km, Yakkabog` tumanidan 238 km, Mirishkor tumanidan 121km, Nishon tumanidan 135 km,Qamashi tumanidan 293 km, Qarshi tumanidan 173 km, Shahrisabz tumanidan 172 kilometr avtomobil yo`llari xatlovdan o`tkazilgan va belgilangan tartibda Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1