O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tomonidan respublika oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “My First President” mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e`lon qilindi.
Tanlov O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan. Inshoda mamlakat hayotida yuqori o`rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste`dod uchun kerakli bo`lgan da`vatlari, bosib o`tgan hayot yo`lidagi ibratli jihatlar aks ettirilishi mumkin.
Insholar tajribali hakamlar hay`ati tomonidan saralanib, “O`zbekistonda xorijiy tillar” (www.fledu.uz) internet portalining maxsus ruknida e`lon qilinadi.
Eng yaxshi deb topilgan insholar nashr etilishi ko`zda tutilayotgan alohida to`plamdan joy oladi.
Insholar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- Mazmunan boy, fikrlar izchilligi;
- Imlo xatolarisiz;
- Original, kreativ yondashuv;
- Insho yozish talablari asosida
- A4 formatida1 varaqdan kam bo`lmasligi.
Insholar tanlovining aynan ingliz tilida o`tkazilishidan ko`zlangan asosiy maqsad, halqaro jamoatchilikka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo siyosiy hayotida muhim o`rin tutgan beqiyos shahs haqida yosh avlodning o`y-fikrlarini Etkazib berish, respublikaning birinchi prezidenti tomonidan 2012 yilning 10 dekabrida e`lon qilingan “Chet tillarini o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi №1875-son qarori asosida mamlakatimizda horijiy tillar yo`nalishida olib borilayotgan islohotlarni yangi darajada namoyon etishdan iborat.
Insholarni topshirish muddati: 09.09.2016dan – 16.09.2016gacha
Ishlar, muallifning o`zi haqidagi qisqacha ma`lumot va telefon raqami quyidagi manzilga yuboriladi: elektronjurnal@mail.ru pochta manzili yoki +998911632850 Telegram’ manzili.





