AsosiyJamiyat

Maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko`chiriladi

'Maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahridagi maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko`chiriladi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, ushbu shifoxona 2012 yilda tashkil etilganganligi bois tibbiyot muassasasining isitish tizimi butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan.

«So`nggi paytlarda suv quvurlari nosoz bo`lib, bu holat shifoxonada davolanayotgan bemorlarni issiq suv bilan ta`minlashda turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ba`zi xonalar ta`mirtalab ahvolda bo`lib, davolash muolajalarini to`liq amalga oshirishning imkoni yo`q», — deyiladi xabarda.

Shu sababli Respublika sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o`tkazilgan o`rganishlar yakuniga ko`ra, ushbu maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi ish faoliyati to`xtatildi.

Qayd etilishicha, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishini tashkil etish maqsadida mazkur shifoxona 2022 yilning 1 dekabridan vaqtincha Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga ko`chiriladi. Faoliyati to`xtatilgan ob`ektda qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar