Rio–2016 Paralimipiya o`yinlarining engil atletika dasturidan o`rin olgan uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Doniyor Soliev mamlakatimiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi.
Musobaqaning uchinchi kunida uzunlikka sakrash bahslarida 7,04 metr natijani qayd etgan sportchimiz 2016 yilgi Paralimpiya o`yinlari bronza medali sovrindoriga aylandi.
7,07 metr natijani qayd etgan janubiy afrikalik Xilton Langenxoven oltin, 7,05 natija ko`rsatgan ozarbayjonlik Komil Aliev kumush medalga sazovor bo`ldi.





