Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo`ydi, Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha. Namangan xalqaro aeroportida ko`rinishning yomonligi (200 m) — qalin tuman tufayli reyslarni qabul qilish va jo`natish vaqtincha cheklandi. Ikkita reys muqobil aerodromlarga yuborildi.
Xususan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Krasnoyarsk — Namangan yo`nalishi bo`yicha HY9824 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da Toshkent aeroportiga qo`ndi. Ob-havo yaxshilanishi bilan Toshkentdan Namanganga, u erdan esa Ufaga uchish kutilmoqda.
Red Wings aviakompaniyasining Ekaterinburgdan Namanganga uchayotgan WZ1127 reysi soat 09:47 da Farg`onaga qo`ndi.
HY9858/073 Ufa — Namangan — Buxoro (taxminiy kelish vaqti — 14:30), HY74/47 Buxoro — Namangan — Samarqand (kelish — 19:05), HY48 Samarqand — Namangan (kelish vaqti — 23:00) reyslari ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirilishi kutilmoqda.






