AsosiyJamiyat

Farg`onada IIB xodimi mashina boshqaruvini yo`qotib qarama-qarshi yo`ldagi “Damas”ga borib urildi

'Farg`onada IIB xodimi mashina boshqaruvini yo`qotib qarama-qarshi yo`ldagi “Damas”ga borib urildi'ning rasmi

Rishton tumanida IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 28 noyabr kuni soat 09:30 larda Farg`ona viloyati Rishton tumani, Bo`ston qishlog`i hududi bo`ylab harakatlanib ketayotgan tuman IIB xodimi leytenant H.M. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina yo`lning nosoz qismida texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tib ketishi natijasida, shu yo`ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi H.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to`qnashgan. Transport vositalarining xaydovchilari xushyor holatda bo`lishgan.

Sodir etilgan yo`l transport hodisasi oqibatida “Spark” avtomobili haydovchisi H.M. “Damas” avtomobili haydovchisi H.Sh. hamda uning 3 nafar yo`lovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.  

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar