AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qaysi hududida xorijliklar bilan turmush qurish ko`p ekani ma`lum qilindi

'O`zbekistonning qaysi hududida xorijliklar bilan turmush qurish ko`p ekani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan. Shundan, 1900 ta nikoh xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan. O`zbekiston fuqarolaridan 762 nafar erkaklar hamda 1138 nafar ayollar xorijiy davlatlar fuqarolari bilan nikohlangan.

Xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan nikohlar soni hududlar kesimida:

— Qoraqalpog`iston R. – 41 ta  

— Andijon viloyati – 146 ta  

— Buxoro viloyati – 56 ta  

— Jizzax viloyati – 36 ta  

— Qashqadaryo viloyati – 47 ta

— Navoiy viloyati – 37 ta  

— Namangan viloyati – 63 ta  

— Samarqand viloyati – 231 ta  

— Surxondaryo viloyati – 99 ta  

— Sirdaryo viloyati – 72 ta

— Toshkent viloyati – 266 ta  

— Farg`ona viloyati – 139 ta  

— Xorazm viloyati – 30 ta  

— Toshkent shahri – 637  tani tashkil etdi. 

 

    Boshqa yangiliklar