1

Eng sovuq kunlardan qor, yomg`ir va iliq kunlargacha... O`zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 01.12.2022, 12:14
Eng sovuq kunlardan qor, yomg`ir va iliq kunlargacha... O`zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Dekabr – qishning birinchi oyi, bu faslni ko`pchilik qor va sovuq bilan bog`laydi. Ushbu dekabr oyida ob-havo haqiqatan ham qishki bo`ladimi yoki so`nggi yillarda dekabrda kuzatilayotgan iliq darajali ob-havo bilan hukmronlik qiladimi? "O`zgidromet" yilning so`nggi oyida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bu yilning dekabr oyi nisbatan sovuq havo bilan boshlanadi.

1 dekabrdan haroratning pasayishi boshlandi va 3-5 dekabrga kelib respublika hududining katta qismida termometr ustuni kechalari

4-7daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, ba`zi joylarda 1-2o sovuqgacha, shimolda kechalari 10-13daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7daraja sovuqgacha pasayadi.

Hatto respublikaning eng janubiy qismida ham sovuq bo`ladi, harorat kechalari 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 3-6daraja iliqgacha pasayadi. Sovuq ob-havo deyarli dekabr oyining birinchi o`n kunligi oxirigacha saqlanib turadi.

Respublika bo`yicha 5 dekabrgacha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. 5-10 dekabr kunlari davrida respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo`yicha ayrim kunlarda qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarida me`yoriy qiymatlarga yaqin bo`lgan fonda havo harorati kechalari 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan -3 daraja sovuq 2 daraja iliqgacha o`zgarib turishi kutilmoqda.

Ta`kidlanishicha, o`tgan 2021 yilning dekabr oyi oxirgi 20 yil ichida eng iliq yil bo`lgan. Ushbu davr uchun 2002, 2011 va 2020 yillarning dekabr oylari esa eng sovuq bo`ldi.

Toshkentda so`nggi 20 yil ichida dekabr oyidagi eng iliq kunlarda havo harorati 20-23 daraja iliqgacha ko`tarilgan, eng sovuq davrlarda esa harorat kechalari 12-15 daraja sovuqgacha pasaygan edi.

Meteorologik kuzatuvlarning barcha davrlari (150 yildan ko`p) uchun Toshkentda eng past harorat 20-23 daraja sovuqni tashkil etgan, 1930-yilning dekabr oyida esa 27-29 daraja sovuqgacha bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1