1

Soliq kodeksiga qo`shimcha kiritish rejalashtirilmoqda

Jamiyat 01.12.2022, 13:35
Soliq kodeksiga qo`shimcha kiritish rejalashtirilmoqda

“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi. Bu haqda davlat Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Soliq kodeksiga quyidagi o`zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda:

* Quyidagilar uchun mol-mulk solig`i va er solig`ining oshirilgan stavkalarni qo`llashni bekor qilish:

▫️bo`sh turgan binolar;

▫️foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari;

▫️yashash uchun mo`ljallanmagan inshootlar;

▫️qurilishi tugallanmagan obektlar.

* Jismoniy shaxslar er uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud er uchastkasiga bo`lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko`rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda er solig`ining oshirilgan stavkasini qo`llashni to`xtatib turish.  

* Elektrotexnika tarmoq korxonalariga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish.

Muhokama 2022 yil 8 dekabrgacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1