1

"Tayloqtumangaz" gaz ta`minoti idorasida gaz portlab, uch kishi nogiron bo`ldi

Jamiyat 01.12.2022, 15:30
"Tayloqtumangaz" gaz ta`minoti idorasida gaz portlab, uch kishi nogiron bo`ldi

"Tayloqtumangaz" gaz ta`minoti idorasida gaz portlab, uch kishini nogiron qilib qo`ydi. Portlashda kuygan fuqaro internet orqali murojaatida portlashning asl sabablari yashirilgani, hech qanday moddiy yordam berilmagani, holat yuzasidan tergov yuzaki bo`lgani, sud ayblanuvchilarning ishtirokisiz o`tganligini ta`kidlagan.  

Oliy sudning ushbu murojaatga munosabat ko`ra, haqiqatdan ham 2022 yil 18 mart kuni soat 15.30 da “Tayloqtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi binosida yong`in kelib chiqqan. Natijada xodimlar B. Barakaev, I. Radjabov hamda iste`molchilar Sh. Saidov va A. Ahmedov kuyish jarohatlarini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Z. Achilov jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Toyloq tuman sudining 2022 yil 30 sentyabrdagi hukmiga asosan Z. Achilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ushbu Kodeksning 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish) ni qo`llagan holda 2 yil muddatga moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda har oyda oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi Z. Achilovdan jabrlanuvchi Sh. Saidov foydasiga 19 133 422 so`m miqdorida moddiy zarar undirilishi belgilangan.

"Garchand murojaatchi portlashning asl sabablari yashirilgani, hech qanday moddiy yordam berilmagani, holat yuzasidan tergov yuzaki bo`lgani, sud ayblanuvchilarning ishtirokisiz o`tganligini ta`kidlasa-da, sudda taraflar, ya`ni ayblanuvchi va jabrlanuvchilar, ularning qarindoshlari to`liq ishtirok etgan.

Jabrlanuvchilarga sudlanuvchi Z. Achilovning jinoiy qilmishi natijasida etkazilgan boshqa moddiy va ma`naviy zararni undirish yuzasidan Jinoyat-prosessual kodeksining 276-moddasi (fuqaroviy da`voni qo`zg`atish) 5-qismiga muvofiq fuqaroviy da`vo qo`zg`atishga haqli ekanliklari tushuntirilganligi ma`lum qilinadi", - deyiladi Oliy sud bayonotida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1