Iordaniya Qirolligining “Jordan Aviation” aviakompaniyasi Amman va Toshkentni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`laydi. Birinchi yo`lovchi charter reysi 2022 yil 13 dekab kuniga belgilangan. Reyslar haftasiga bir marta "Boeing 767" samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" kompaniyasi ma`lum qilmoqda.
“Jordan Aviation” — shtab-kvartirasi Ammanda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari, BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportida yuklarni etkazib beruvchisi hisoblanadi.






