Toshkent tumanining Qozog`iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim ob`ektlar buzilmoqda . Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Buzish ishlariga Toshkent viloyati hokimining “Toshkent tumani hududida Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo`yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash to`g`risida” gi, shuningdek, Xalq deputalari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarorlari asos qilib keltirilmoqda.
Qarorlarga ko`ra, Toshkent tumanining chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy obektlari buzilmoqda.
Ta`kidlanishicha, mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 millard so`mdan ortiq mablag`lar yo`naltirilgan.
"Chegarani mustahkamlash, muhofazasini ta`minlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, to`siqlar, chegara yo`llari ko`priklar va boshqa ob`ektlar bunyod etiladi", - deyiladi






