Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning Kattaqo`rg`on tumanida bir vaqtning o`zida oilaning ikki nafar a`zosi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Taxminlarda ularning o`limiga iz gazi sabab bo`lishi mumkinligi aytilmoqda.
Holat bo`yicha Bosh prokuraturaning "Darakchi.uz" ma`lumot berishicha, Kattaqo`rg`on tumanining Qorako`lcha mahallasi, Qorako`lcha qishlog`ida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan Q.X va uning voyaga etmagan 2017 yilda tug`ilgan farzandi D.Q.ning murdasi 30 noyabr kuni soat 09:00 larda, ular yashagan uyning xonasida topilgan. Marhumlarda tashqi ko`rinishidan tan jarohatlari bo`lmagan.
Tuman sud-tibbiy ekspertiza bo`linmasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, Q.X va qizining o`limi noma`lum etiologikdan zaharlanish sabab bo`lgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.






