AsosiyJamiyat

Buxoroda IIB binosida  fuqaro vafot etgani aytilmoqda. Holat Bosh prokuratura nazoratiga olindi

'Buxoroda IIB binosida  fuqaro vafot etgani aytilmoqda. Holat Bosh prokuratura nazoratiga olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda IIB binosida  fuqaro vafot etgan bo`lishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Xabarlarga ko`ra, Buxoro viloyat Buxoro shahri IIB binosida, 1985 yilda  Vobkent tumanida tug`ilgan fuqaro H.Q vafot etgan bo`lishi mumkin, bu haqda marhumning yaqinlari xabar qilgan.

Ularni aytishlaricha marhum mashina savdosi bilan shug`ullangan, xaridorlar bilan pul bo`yicha muammo kelib chiqqan, IIB xodimlari bo`limga chaqirishgan. 29 noyabr kuni marhumning ukasiga telefon qilib, akangni olib ket deyishgan. Marhumning ukasi IIB binosiga kelsa, akangni tez yordam olib ketdi deyishgan.

Marhumning yaqinlari tez yordam binosiga borishsa, marhum allaqachon vafot etgan bo`lgan. Uning tanasida qiynoq va jarohat izlari, xususan bosh qismi qattiq shikastlanganligini ko`rishgan.

Holatga Bosh prokuratura matbuot xizmati munosabat bildirdi. Ma`lum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan Buxoroda fuqaroning vafoti bilan bog`liq xabar o`rganilmoqda.

Natijalari haqida batafsil ma`lumot berilishi ta`minlanadi, deyilgan rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar