Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining beshinchi kunidan o`rin olgan pauerlifting musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston sharafini Ahror Bozorov himoya qildi.
80 kilogrammgacha bo`lgan sportchilar orasida Ahror Bozorov 207 kilogrammli toshni o`ziga bo`ysundirib, Paralimpiya o`yinlarining bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Ahror Bozorov O`zbekiston paralimpiya terma jamoasiga hisob bo`yicha 13-bronzani taqdim qildi. Shuningdek, hamyurtlarimiz hisobida 6 ta oltin va 4 ta kumush medali ham bor.





