1

O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan shaxslar qidirilmoqda

Jamiyat 03.12.2022, 17:28
O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan shaxslar qidirilmoqda

Joriy yilning 17 noyabr kuni Qozog`iston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan 1992 yilda tug`ilgan Jamalov Baqijon Ibragim o`g`li (Qozog`iston Respublikasi fuqarosi, Ostona shahri, Kabanboy Batir ko`chasi 60/1 uy 3 xonadonda yashovchi) va uning shar`iy nikohdagi turmush o`rtog`iga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 223 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan.

Xuddi shuningdek, 2022 yil 17 noyabr kuni Qozog`iston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan 1999 yilda tug`ilgan Nugmanova Nodirabegim Amanjul qizi (Qozog`iston Respublikasi fuqarosi, Aktau qalasi 12A-kichich tumani 14 uyda yashovchi)ga nisbatan ham Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 223 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hurmatli fuqarolar, agarda siz ushbu shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz yoki unga o`xshash shaxsni ko`rsangiz, 102 raqami yoki +998999229677, +998999896288, +998991041212 orqali xabar berishingizni so`raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi. Yordamingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1