1

Samarqandda maktab “zamdirektor”i kaltaklandi. Bunga o`quvchining jarohatlangani sabab bo`lgan

Jamiyat 03.12.2022, 19:29
Samarqandda maktab “zamdirektor”i kaltaklandi. Bunga o`quvchining jarohatlangani sabab bo`lgan

Samarqandda maktab direktorining o`rinbosari kaltaklandi. Hodisa bo`yicha Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 17 noyabr kuni Toyloq tumanidagi 6-son umumta`lim maktabi o`quvchisi 2007 yilda M.D. dars vaqtida ruchkani sinfdoshiga qarata otgan. Ruchka uning sinfdoshi, 2007 yilda tug`ilgan X.N.ning ko`ziga tegib jarohat etkazgan.

O`quvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur holatdan xabar topgan voyaga etmagan X.N.ning onasi Toyloq tumani “Davlatobod” mahallasida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan V.Sh. umumta`lim maktabiga borib, maktab direktorining ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari bilan tortishib, qizini shu ahvolga tushishiga uni sababchi qilib ko`rsatib, uning turli joylariga urib, jarohat etkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1