"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida biroz qor yog`ishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarga biroz qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Kunduzi harorat 0-2° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.






