Joriy yil 4 dekabr kuni taxminan soat 06.15 larda Uchtepa tumanida "Lacetti" yo`l chetidagi piyodalarni bosib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB haqida ma`lumot berdi.
Fojea Uchtepa tumani Farhod ko`chasi 2-uy ro`parasida sodir bo`lgan. 1996 yilda tug`ilgan R.I. boshqaruvidagi davlat raqami "01 O 992 DA" bo`lgan "Lacetti" avtomashinani boshqarib ketayotib 1982 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi davlat raqami "01 R 918 VB" bo`lgan "Nexia-3" rusumli avtomashina bilan to`qnashib ketgan. Natijada olti nafar piyodani urib yuborgan, so`ng yo`l chetida harakatsiz turgan 1995 yilda tugilgan M.V. boshqaruvidagi davlat raqami "01 J 658 NA" bo`lgan "Matiz" avtomashina bilan to`qnashgan.
YTH natijasida "Lacetti" haydovchisi hamda to`rt nafar piyoda (1974 y.t. N.S., 1986 y.t. M.U., 1987 y.t. Yu.Sh., 1994 y.t. E.M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan RShTYoIMga yotqizilgan.
Ikki nafar piyoda (1960 y.t. Q.X., 1982 y.t. G.F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zgatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






