1

Toshkent metrosi yana to`xtab qoldi

Jamiyat 04.12.2022, 19:05
Toshkent metrosi yana to`xtab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun bir soat davomida Toshkent metrosi to`xtab qolgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

“Toshkent metropoliteni”sining ma`lum qilishicha,  soat 16:30 lar atrofida 37-sonli harakat tarkibi "Beruniy" bekatiga kirib kelgan va yo`lovchilarni vagonlarga chiqargach harakatlana olmagan.

Yo`lovchilar oqimi tirbandligi va yo`nalishdagi harakat jadvaliga ta`sir ko`rsatmasligi uchun mashinist tomonidan belgilangan yo`riqnomaga asosan yo`lovchilar bekatga tushirilgan. Harakat tarkibi esa, texnik ko`rikdan o`tkazish maqsadida tekshiruv yo`lagiga yuborilgan.

Tezkor tekshiruv o`tkazilganda 37-sonli harakat tarbining 0003-sonli  vagonida havo bosimi miqdori normal holatda emasligi aniqlangan hamda harakat jadvalini buzilishini oldini olish maqsadida 16:37 da mavjud zahira poezdi yo`lga chiqarilgan. Ushbu poezd bekatdagi barcha yo`lovchilarni olib harkatni davom ettirgan.

Ta`kidlanishicha, hozirda barcha poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1