"Men telegramda blogerlik faoliyati bilan shug`ullanaman. Qimorga oid reklamani targ`ib qildim va mo`maygina haq oldim, lekin halovatim yo`qoldi.."
Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi quyidagicha javob berdi:
"Bismillahir Rohmanir Rohim.
Dinimizda harom qilingan ishga targ`ib qilish – o`sha ishni amalga oshirish kabi qattiq gunoh sanaladi. Buning ortidan daromad ko`rish ham halol emas. Shunday ekan Siz qilgan ishingizga chin dildan tavba qiling.
Qimorga oid reklamalardan topgan daromadlaringizni muhtoj va faqirlarga sadaqa qiling. Shunda insha Alloh Oxiratdagi mas`uliyatdan qutulishingiz umid qilinadi. Vallohu a`lam".