AsosiyJamiyat

Bugun harorat 4 darajagacha tushib, joylarda qor yog`ishda davom etadi

'Bugun harorat 4 darajagacha tushib, joylarda qor yog`ishda davom etadi'ning rasmi

"O`zgidromet" 5 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarga qor yog`adi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3° sovuq-2° iliq,  shimolda 4-9° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 1-3° sovuq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar