Noqulay ob-havo sharoiti sababli 5 dekabr sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
”Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo`llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2022 yilning 5 dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.
Yo`nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to`g`risida qo`shimcha ma`lumot beriladi.