AsosiyJamiyat

Toshkentdagi gaz "zapravka"larda jamoat transporti uchun alohida yo`laklar tashkil etildi(video)

'Toshkentdagi gaz "zapravka"larda jamoat transporti uchun alohida yo`laklar tashkil etildi(video)'ning rasmi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini ta`minlash maqsadida belgilangan avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yo`laklar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 5 dekabr soat 12:00 holatiga shahrda jami 900 ga yaqin avtobuslar yo`nalishlarga chiqarilgan.

"Yo`llarda yuzaga kelgan muzlamalar natijasida kuzatilayotgan tirbandliklar jamoat transportining harakat tezligiga ham ta`sir ko`rsatmoqda",  - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar