Transport vazirligi matbuot xizmati Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar bergan edi.
Ayni damda Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilishi ta`minlanganligi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi.
" Ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to`xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko`rilmoqda.
Avtobuslar qatnovi harakat jadvali to`g`risidagi ma`lumotlar kundalik berib boriladi", - deyiladi vazirlikning qo`shimcha ma`lumotida.
Bugungi qatnovlar ro`yxati e`lon qilindi. Unga ko`ra,
- 15:00 | Toshkent – Urgench chipta narxi 155 000 so`m
- 16:00 | Toshkent – Qorako`l 95 000 so`m
- 17:00 | Toshkent – Uzun 135 000 so`m
- 18:00 | Toshkent – Buxoro 89 000 so`m
- 18:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so`m
- 18:30 | Toshkent – Xiva 155 000 so`m
- 18:30 | Toshkent – Denov 125 000 so`m
- 19:00 | Toshkent – Termiz 119 000 so`m
- 19:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so`m
- 20:30 | Toshkent – Buxoro 89 000 so`m
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin.