AsosiyJamiyat

Chinozda er-xotin 3 oylik chaqalog`i bilan is gazidan vafot etdi

'Chinozda er-xotin 3 oylik chaqalog`i bilan is gazidan vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi oilaning uch nafar a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati 
"Darakchi.uz"ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 4 dekabr kuni soat 7:00 larda Chinoz tumani, "Xo`ja" mahallasida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan Yo.B., 2002 yilda tug`ilgan U.S. va 2022 yilda tug`ilgan Ya.S. yashash xonadonining yotoq xonasida uxlayotgan vaqtida is gazdan zaxarlanib vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlarda "Chinoztumangaz" gaz ta`minoti bo`limining ma`lumotnomasiga ko`ra, 3 dekabr kuni mazkur xonadon foydalanilgan tabiiy gazdan 7 million 500 ming so`m debitor qarzdorligi mavjudligi sababli gaz ta`minoti bo`limi xodimlari tomonidan gaz tarmog`idan uzilgan. Xonadon egasi qarzdorligi bo`lishiga qaramasdan o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelganligi ma`lum bo`lgan.

Sud-tibbyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, marhumlar B.Yo., S.U. va voyaga etmagan S.Ya.da tashqi ko`rik vaqtida tan-jarohatlari aniqlanmagan, uning o`limiga yonib ulgurmagan is gazdan zaharlanish oqibatida o`tkir yurak-qon tomir va o`pka-nafas etishmovchiligi natijasida sodir bo`lishi mumkinligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar