1

O`zbekistonning turli hududlarida elektr ta`minotida cheklovlar kiritiladi

Jamiyat 05.12.2022, 21:21
O`zbekistonning turli hududlarida elektr ta`minotida cheklovlar kiritiladi

Energetika tizimining barqaror ishlashini ta`minlash va elektr energiya ishlab chiqarish ob`ektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida  yirik avariyalar vujudga kelishini oldini olish maqsadida Respublikamizning turli hududlarida  elektr ta`minotida cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar berdi.  

Buning asosiy sababi respublikaga kirib kelgan sovuq havo oqimi, ayni paytda ko`plab hududlarda qalin qor yog`ishi va haroratning keskin tushib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo`lgan talab ham cezilarli darajada ortgani deyiladi xabarda. 

Ta`kidlanishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning barcha tarkibiy korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan joylarda sodir bo`layotgan avariyali holatlarni bartaraf etilmoqda. Buning uchun respublika bo`yicha jami 1 434 nafar xodimdan iborat 478 ta tezkor avariyaviy chiqish brigada hamda ularga 398 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinasi va texnikalar safarbar qilingan. 

Ma`lumot o`rnida, joriy yilning 4 dekabr kuni respublika bo`yicha elektr energiyasi iste`moli 219 mln kVt.soatni tashkil etgan bo`lib, bu o`tgan yilga nisbatan 22 mln kVt.soat yoki 11% ga ko`pdir. Shuningdek, dekabr oyining dastlabki 4 kunida respublika bo`yicha iste`mol hajmi 875 mln.kVt.soatni tashkil etib, bu o`tgan yilga nisbatan 93 mln.kVt.soat yoki 12% ga ko`pligini aytish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1