Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qo`shma tanlov g`oliblari taqdimoti bo'lib o'tdi

Jamiyat 05.12.2022, 22:23
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qo`shma tanlov g`oliblari taqdimoti bo'lib o'tdi

Joriy yilning 5 dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati instituti vakillarining ishtiroki: muammo va echimlar” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlari(NNTlar)  vakillari bilan  muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi.

Tadbirda  BMT TD, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti xalqaro ekspertlarining fuqarolik jamiyatida korrupsiyani minimallashtirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar, korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar ishtirokining muhim jihatlari, bu borada ilg`or xorijiy tajribalarga e`tibor qaratildi. 

Shuningdek, NNTlar bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari ko`rib chiqildi. 

Muloqot doirasida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” qo`shma tanlovi g`oliblarining taqdimoti ham bo`lib o`tdi. 

Ma`lumot o`rnida, mazkur qo`shma tanlov joriy yil (17 iyun – 10 iyul kunlari davomida) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va BMT TD tomonidan “O`zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” va “O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish uchun fuqarolik makonini, ayollar va yoshlar ovozini mustahkamlash”loyihalari doirasida tashkil etildi. Unda 9 ta NNT g`olib deb topildi va korrupsiyaga oid loyihalarini hayotga tatbiq etildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1