1

Temir yo`lda o`g`irlik qilgan shaxslar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat 06.12.2022, 18:33
Temir yo`lda o`g`irlik qilgan shaxslar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Angren temir yo`l yo`nalishida poezdlar harakati xavfsizligiga salbiy ta`sir qiluvchi o`g`irlik jinoyati bilan bog`liq holatga chek qo`yildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi, 1995 y.t., muqaddam o`g`irlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan K.J., Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1999 y.t. S.S. va Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1996 y.t. M.F.lar joriy yilning may oyida Toshkent viloyatidagi “Aqcha-Obliq” temir yo`l bekatlari oralig`idan o`tuvchi beton ustunlardagi yuk va yo`lovchi poezdlar elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta`minlovchi simlarning jami 140 metrini kesib olib, “Damas” rusumli avtomashinaga yuklab, olib ketayotgan vaqtlarida qo`lga olingan.

Ta`kidlash lozimki, mazkur shaxslar bunga qadar “Kuchlik-To`ytepa” temir yo`l bekatlari oralig`idagi 87,5 metr elektr simlarini hamda “Ohangaron-Aqcha” temir yo`l bekatlari oralig`idagi 100 metr elektr simlarini kesib olib, sotib yuborishgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi tomonidan K.J., S.S. va M.F.lar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 
3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1