Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) tomonidan davlat organlari va tashkilotlaridagi kadrlar bo`linmalari rahbarlari ishtirokida onlayn ochiq muloqot tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, endilikda suhbat bosqichida ham inson omili minimallashtiriladi. Bu borada Agentlik ikkita yangilikni barcha davlat organlarida joriy etmoqda:
- Suhbat jarayonida nomzodlarga berilayotgan savollar vaznining teng bo`lishini ta`minlash maqsadida barcha savollar yagona platformada tasodifiy tanlash (rendom) dasturi orqali beriladi.
- Tanlov komissiyasi a`zolari tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarni onlayn baholash yo`lga qo`yiladi.
Ochiq muloqot davomida vazirlik va idoralar kadrlar bo`linmalari rahbarlariga ushbu tizimlar bilan ishlash tartibi batafsil tushuntirib berildi.






