Ebay.com saytida paydo bo`lgan e`lon aksariyat internet foydalanuvchilarining e`tiborini tortdi, deb yozadi “Vesti”.
Britaniyalik erkak mazkur sayt orqali xotinini sotish haqidagi e`lonni joylashtirdi. U xotiniga 65000 funt taklif qilishganini ko`rib, hayratini yashirolmadi. Bu esa Jaguar avtomobilining o`rtacha narxidan ham qimmatroq.
Saymon O'Keyn o`z e`lonida xotinining fazilatlari va kamchiliklarini avtomobilni tariflagandek sanab o`tadi.
Masalan, u xotinining fazilatlarini sanab o`tar ekan “Qoniqarli tashqi ko`rinishga ega, kuzovdagi bo`yoq yaxshi saqlab qolingan”, deb yozadi. Erkak rafiqasining fazilatlari orasidan uning yaxshigina pazanda ekanligini ham alohida ta`kidlab o`tadi.
Xotinining kamchiliklarini sanaganda esa “Unga bironta qo`shimcha aksessuar sotib olib bermaguningcha u o`ziga xos ovoz chiqarib turishi”ni ham aytib o`tgan. “Ba`zida u tayyorlagan taomni iste`mol qilgach, shifoxonaga tushish hech gap emas”ligini xazil aralash yozib qoldirgan.
“Umuman olganda, bu ayrim baxtli insonlarga asqotadigan va uncha yomon bo`lmagan model” ekanligini aytadi. Shuningdek, “sotilgan mahsulot qaytarib olinmasligini” alohida eslatib o`tdi.
Xotinini sotish uchun sabab qilib esa, Keyn sog`ligidan shikoyat qilganida undan etarlicha mehr ko`rmaganini aytgan.
Keyn xonim dastlab bu e`londan jahli chiqqani, keyin esa kulgudan o`zini to`xtatolmaganini aytib o`tgan. Uning aytishicha, turmush o`rtog`i juda xazilkash inson bo`lgani sabab, bunday xazillarga ko`nikib ketgan. “U bu xazili uchun javob beradi—menga yangi sumka sotib olib beradi”,—deydi Keyn xonim.
Mazkur e`lon hozirda onlayn savdo-sotiq saytidan olib tashlangan, biroq juranalistlar undan skrinshot qilishga ulgurishdi.





