1

Oddiy aspirinning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

Salomatlik 14.09.2016, 14:54
Teglar: Ayol
Oddiy aspirinning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

Aspirin dorisi nafaqat og`riq qoldiruvchi, balki ro`zg`orda bekalarimizga asqatishi haqida hech o`ylab ko`rganmisiz. Marhamat, ular bilan tanishing!

1.  Husnbuzarlarni yo`qotishga yordam beradi
Aspirin dorisi shamollashni olish xususiyatiga ega bo`lganligi bois, yuzdagi husnbuzarlarni kamaytirib, terini tinchlantiradi. Buning uchun 2-3 ta dona aspirin tabletkasi maydalab, limon soki bilan aralashtiring va yuzingizga suring. Bir daqiqadan so`ng yuvib tashlang. Bu surtmani quyoshga chiqishdan oldin surtib chiqish mumkin emas.

2.  Hasharotlarning chaqishida qichimalarning oldini oladi
Aspirin hasharotlar chaqqanda kelib chiqadigan shishlarni va qichimalarning oldini oladi. Bir dona tabletkani qobig`ini yuvib tashlang. So`ngra dorining ichini birozgina suvga qo`shib maz holatiga keltiring va chaqilgan joyga qo`yib bir necha daqiqa ushlab turing.

3.  Yuzdagi teshikchalarni kichraytiradi
Tayyorlanishi uchun 5 daqiqa vaqtingizni oluvchi ushbu niqob yuz terisidagi teshikchalarni kichraytiradi, silliqlashtiradi va tikislaydi. Buning uchun:
•  7 dona qobiqsiz aspirin tabletkasi;
•  3 qoshiq yogurt yoki smetana;
•  1 qoshiq asal kerak bo`ladi.
Niqobni tayyorlab yuzingizga suring, 3-5 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

4.  Qazg`oqlarni bartaraf etadi
Qazg`oqlarni bartaraf etish uchun 2 dona aspirin tabletkasini maydalab bir marta yuvish uchun mo`ljallangan shampunga qo`shib boshingizni yuving.

5.  Aspirin – eksfoliant (piling)
2-3 dona aspirin tabletkasini suvga aralashtirib tanangizga yaxshilab surib chiqing, birozdan so`ng yuvib tashlang, tana terisi mayinlashadi. Agar teringiz nozik bo`lsa bunday surtmani qo`llamaganingiz ma`qul, aks holda qizartirib yuborishi mumkin.

6.  Oyoqdagi qadoqlarni ketkazadi
7 dona aspirin tabletkasini maydalab bir qoshiq limon sokiga aralashtiring. Hosil bo`lgan massani poshnangizga qo`ying va issiq holatda ushlab turing. 10 daqiqadan so`ngra yuvib tashlang.

7.  Sochlarni mustahkamlaydi
Aspirin hatto sochlarni mustahkamlashda ham yordam beradi. Buning uchun bir plastinka aspirinni bir piyola iliq suvga aralashtiring, xosil bo`lgan maskani boshingizni yuvgandan keyin yaxshilab qo`yib chiqing. 15 daqiqadan keyin yuvib tashlashingiz mumkin. Sochlaringiz nafaqat mustahkamlanadi, balki jilolanib yaltiraydi.

8.  Kiymlardagi dog`larni yo`qotadi
Kiyimlardagi terdan paydo bo`lgan dog`larni ketkazish uchun aspirin donalarini suvda eritib o`sha joyiga surtib kechga qo`ying. Keyin odatdagidek kiyimlarni yuvib tashlashingiz mumkin, kiyimlaringiz asl holatiga qaytadi.

9.  Vannani yaltiratadi
Vannani tozalash uchun 5 dona aspirin tabletkasini tozalash vositasiga qo`shib ishqalab qo`ying. Yarim soatlardan keyin vannani gubka bilan engil yuvib tashlang.

10.  Atirgullarning umrini uzaytiradi
Atirgullar turgan guldonga bir dona aspirinni tashlang. Aspirin suvda bakteriyalarning ko`payishiga yo`l qo`ymaydi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1