AsosiyJamiyat

2 mln 346 ming nafar o`zbekistonlik migrant xorijda ishlamoqda

'2 mln 346 ming nafar o`zbekistonlik migrant xorijda ishlamoqda'ning rasmi

Bugungi kunda birinchi chorak yakunigacha 2 mln 346 ming nafar migrant chet elda ishlamoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshqarma boshlig`i Azim Ahmatov matbuot anjumanida aytib o`tdi.

Ma`lum qilinishicha, bu raqamlar e`lon qilingandan so`ng 400 ming nafarga yaqin migrant O`zbekistonga qaytib kelgan. Xorijdagilarning 1,5 mln nafari Rossiyada bo`lib, ularning deyarli 200 ming nafari norasmiy ishlamoqda. Koreya Respublikasida 64 ming O`zbekiston fuqarosi ishlayotgan bo`lsa, undan 13 ming nafari norasmiy faoliyat ko`rsatyapti.

Azim Ahmatovning so`zlariga ko`ra, jahon tajribasi hamda xalqaro tashkilotlar tavsiyasida ham mehnat migrantlari to`g`risidagi ma`lumotlar faqat 3 ta manbaga asosan, ya`ni  so`rovnomalar o`tkazish, ma`muriy manbalar orqaliva turli ilmiy tahlillar va aholi o`rtasida o`tkazilgan ro`yxatga olish jarayonida shakllantiriladi. Shu sababli bu haqdagi ma`lumotlarni har kuni yangilab borish imkoniyati chegaralangan.   

«Shuning uchun, hozirda o`rtacha 2 mln nafardan ortiq fuqaro chet elda mehnat migrasiyasini o`tayapti, deb ayta olamiz», — dedi agentlik boshqarma boshlig`i.

Shuningdek, keyingi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida ishlash uchun rasmiy yo`llar bilan xorijga ketayotganlar soni oshdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar