AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus haydovchilarning maoshi dekabr oyidan ikki barobarga oshirildi

'Toshkentda avtobus haydovchilarning maoshi dekabr oyidan ikki barobarga oshirildi'ning rasmi

 "Toshshahartransxizmat" AJ avtobus haydovchilari  joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln so`m miqdorida oylik maoshi olishadi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 18-avtobus saroyida bo`lganida qatnovlar tezkorligi va xizmat sifatini ta`minlash, haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo`yicha ham ko`rsatma bergan edi. Ta`kidlanishicha, Toshkentda avtobus haydovchilar maoshining oshirilishiga ushbu ko`rsatma asos bo`lgan.

 "Toshshahartransxizmat" jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo`lganlarni  (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so`ramoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar